Muvaffaqiyatli odimlar davom etar

Date:

Termiz davlat universiteti mezbonlik qilgan kurash bo‘yicha “Universiada—2025” sport musobaqasining hududiy bosqichida viloyatimiz OTMning 200 nafarga yaqin talabalari o‘zaro bellashishdi. E’tiborli tomoni 7 ta vazn toifasida gilamga tushgan sportchi yigitlarimiz 5 ta vazn toifasi bo‘yicha  respublika bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

Kurashchi qizlarimiz ham 8 ta vazn toifasidan gilamga tushib, 7 tasida viloyatimiz sharafini himoya qiladigan bo‘lishdi. Puxta tayyorgarlik ko‘rishni ko‘ngliga tukkan yoshlarimizning so‘zida va ko‘zida qat’iyat va shasht sezilib turibdi. Umid qilamizki, ular davomli muvaffaqiyatlarni qayd etishadi. Ma’lumot o‘rnida, kurash bo‘yicha “Universiada—2025” sport musobaqasining respublika — final bosqichi Qarshi shahrida bo‘lib o‘tadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun