Bog‘ xurmoxo‘rlikka chorlaydi

Date:

Har bir mevaning foydali, shifobaxsh va mazali ta’mi bor. Ayni jihatlari bilan ularni sevib iste’mol qilamiz. Uzumzorimiz yoki bog‘imiz bo‘lsa, mevaxo‘rlik avjida deyavering. Denov tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ko‘chatlarini ekish, bog‘ yaratish tadbirlari davom etmoqda.
Tumandagi bo‘sh turgan yer maydonlarida xurmo va boshqa turdagi mevali hamda manzarali ko‘chatlari ekish ishlari qizg‘in tus oldi. Tuman hokimi va Denov tumani Ichki ishlar boshlig‘i Sh.Normurodov hamda Surxondaryo viloyati Yoshlar ishlari agentligi Denov tumani bo‘limi boshlig‘i F.Xolov ishtirokida “Yoshlar xurmo bog‘i” uchun xurmo daraxt ko‘chatlari ekildi.
Mazkur loyiha asosida tuman hokimi hamda sektor rahbarlari mahallalarda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ko‘chatlarini ekish tadbirlarida ishtirok etmoqda. Qisqa muddatlarda bu bog‘da xurmolar pishib yetilib, barchani xurmoxo‘rlikka chorlaydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun