Buyuk meros sari dadil qadam

Date:

Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiyning hayoti va ijodini o‘rganish biz avlodlar uchun sharafli burchdir. Ana shungina allomaga munosib voris bo‘la olamiz. Sherobod tumanidagi 8-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida adabiyot ixlosmandlari uchun unutilmas kun bo‘ldi. “Navoiy vorislari” tanlovining tuman bosqichi yuksak ruhda o‘tkazildi.
Alisher Navoiy – nafaqat o‘tgan asrlarning ulug‘ siymosi, balki bugungi kun yoshlariga ilhom manbayidir. Ushbu tanlov ana shu bebaho merosni chuqur o‘rganish va yosh avlodga yetkazish maqsadida tashkil etildi. Eng iqtidorli ishtirokchilar tuman bosqichida oʻz maktabi sharafini himoya qildi. Ular adabiyotga bo‘lgan ishtiyoqi va yuksak mahorati bilan barchani lol qoldirdi.
Tanlov natijasiga koʻra, 1-o‘rinni tumandagi 5-maktab o‘quvchi-yoshlari egallashdi.
“Tasviriy san’at” yo‘nalishida bo‘lib o‘tgan tanlovda ham eng sara suratlar mualliflari g‘olib deb topildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ma’naviyat karvoni yo‘lda

 “Yoshlar uchun ming kitob” loyihasi doirasidagi navbatdagi “Kitob karvoni”...

Zamonaviylik sari…

Termiz tumanidagi Qahramon mahallasi bugun o‘zining yangi qiyofasini topmoqda....

 “Etno shaharcha”da yangilik bisyor…

Termiz shahridagi “Etno shaharcha” hududida milliy madaniyatimizning qadimiy yo‘nalishlarini...

Hamkorlik yanada kengayadi

O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik asrlar davomida...
KunTun
KunTun