Jamoatchillik eshituvi o‘tkazildi

Date:

Surxondaryo viloyatida o‘zlashtirilmagan yerlar, dasht va kengliklar bisyor. Ular bosqichma-bosqich o‘zlashtirilib, ekin maydonlariga, bog‘-u bo‘stonga aylantirilmoqda. Zero, odamlar yerning har qarichidan unumli foydalanib, o‘zlari va o‘zgalarga ham foyda keltirishni yaxshi bilishadi. Qolaversa, qishloq xo‘jaligi sohasida yangi innovatsiya va texnologiyalardan foydalangan holda yuqori hosildorlikka erishish imkonidan foydalanishlari quvonarli hol, albatta.
Shu ma’noda, Termiz tumanidagi “ORGANIC-LIMON” MCHJ tomonidan tumanning “Bunyodkor (Nurafshon)” MFY hududidan qurilishi rejalashtirilgan yondirish qurilmalari 100 Megavatdan kam quvvatga ega “Issiqxona” binosi qurilish maydoni ko‘zdan kechirildi. “Bunyodkor” MFY idorasida mahalla faollari hamda “Davlat ekologik ekspertizasi markazi” DM Surxondaryo viloyat filiali xodimlari ishtirokida jamoatchilik nazorati (eshituvi) o‘tkazildi.

Oldingi sahifaTayyorgarlik avjida
Keyingi sahifaYo‘llanmasi naqd

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun