Prefabrik usulda…

Date:

Mahalla faollari fuqarolar bilan ishlar ekan, ularning og‘irini yengil, muammosini hal qilishga harakat qiladi. O‘z navbatida, fuqarolar ham ularga ishonishadi. Bu ishonch qachon to‘kis bo‘ladi, imkoniyat yaratayotgan faollarning o‘zlarida imkoniyat, shart-sharoit bo‘lsa, aks holda o‘zlari e’tibordan chetda bo‘lib turganda, boshqalarga qanday madad bo‘lish mumkin. Ayni jihatlarni hisobga olgan holda hududlarda mahalla infratuzilmasini yaxshilashga katta e’tibor qaratilayotir.
Surxondaryo viloyati hokimi U.Qosimovning topshirig‘iga asosan viloyatdagi mahalla idorasi og‘ir holatda bo‘lgan mahallalarga yangi bino inshootlar qurish bo‘yicha topshirig‘i berilgan edi. Shu o‘rinda Bandixon tumanidagi “Saroy” va Paxtakor mahallalariga ham yangi bino qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, idora qurilishi uchun yer maydonlari tanlanib, yer tekislash ishlari amalga oshirilgan.
Ushbu mahalla idoralari Andijon viloyatida faoliyat ko‘rsatuvchi “Modern Sunny Home” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan prefabrik tayyor mahsulotlar asosida qurilishi amalga oshiriladi. Tuman hokimi A.Allamuradov boshchiligida qurilishi rejalashtirilgan yer maydonlari ko‘zdan kechirib, qurilish ishlarini ertadan kechiktirmasdan boshlashga kelishib olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun