Tashlandiq joy obod bo‘ladi

Date:

Viloyatimiz rahbari joriy yil 19-yanvar kuni Termiz shahri mahallalarida infratuzilma bilan tanishuvi davomida “Tinchlik” mahallasi hududida joylashgan kollektorni zamonaviy yopiq drenajga aylantirish orqali tadbirkorlik uchun keng imkoniyatlar yaratish hamda ish o‘rinlarini ko‘paytirish topshirig‘ini bergan edi.
Bir necha kun o‘tib, mazkur loyiha qurilishiga start berildi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, loyiha tashabbuskorlari, shahar mutasaddilari hamda faollar va nuroniylar ishtirok etdi.
Loyiha doirasida kollektorning 1,2 kilometr qismida sizot suvlarining chiqib ketishini ta’minlagan holda ustini yopish orqali qurilish ishlari amalga oshiriladi. Bunda kollektor faoliyatini to‘xtatmasdan hamda yerning meliorativ holatini saqlagan holda bo‘sh maydonlardan samarali foydalanish imkoniyati yaratiladi.
Hududda maishiy xizmat ko‘rsatish, savdo va avtoservis joylari hamda boshqa obyektlar qurilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, ko‘plab ish o‘rinlari yaratish bilan birga tashlandiq joyning obod bo‘lishiga, infratuzilmaning yaxshilanishiga erishiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun