G‘olib

Date:

Sudanning Nil shtatidagi maktabda o‘qituvchi o‘quvchilardan imtihon olishga qaror qiladi. Eng yaxshi natija uchun motivatsiya bo‘lsin deb yangi poyabzal sovg‘a etilishini aytadi.
Bolalar xursand bo‘lib, qunt bilan yozishni boshlashadi. Yarim soat ichida hamma o‘z ishlarini topshirishadi va deyarli barchasi mukammal javob berishadi. O‘qituvchi barchaga ajoyib natija uchun, sa’y-harakatlari uchun minnatdorchilik bildiradi… Lekin o‘qituvchi sovg‘ani kimga berishni o‘ylanib qoladi.
Shunday bo‘lsa-da, u munosib yechimni topadi… Hammasi haqqoniy bo‘lishi uchun u har kimdan o‘z ismini bir varaqqa yozib, uni buklab, bir quticha ichiga solishlarini va shu orqali haqiqiy g‘olibni aniqlashini aytadi.
Darhaqiqat, o‘qituvchi qutichaning ichidan bir qog‘ozni chiqarib, o‘quvchining ismini o‘qiydi. “Vafaa Abdel Karim” — u mukofot sohibi.
Qiz Vafaa o‘qituvchi va barcha bolalarning qarsaklari ostida ko‘z yoshlari bilan oldinga qadam qo‘yadi va xursandchilik bilan sovg‘ani qabul qiladi.
Uyiga kelib qutini ochib qarasa, ne ko‘z bilan ko‘rsinki, hamma qog‘ozlarda shu ism-sharif yozilgan edi. Barcha bolalar uning ahvolini bilar va shu qizning foydasiga sovg‘adan voz kechishgan edi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Elchilar bilan muloqot

Prezident topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek...

Investitsiyalar oqimi oshmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov "Bovillus Finance" kompaniyasi rahbari...

8-mavsum yakunlandi

Termiz shahrida Surxondaryo Volontyorlar maktabining 8-mavsumi bitiruv tadbiri ko‘tarinki...

Imkoniyatlar kengaymoqda

O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Termiz tumanida faoliyat yuritayotgan...
KunTun
KunTun