Ba’zi dorilar klinik tadqiqotlarsiz davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi

Date:

«Alohida dori vositalarini klinik tadqiqotlarsiz davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Ushbu Nizomga ko‘ra, dori vositalarining klinik tadqiqotlarsiz davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror «Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi» davlat muassasasining Farmakologiya qo‘mitasi tavsiyasiga muvofiq Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tashkil etilgan doimiy faoliyat olib boruvchi Ekspertlar kengashi tomonidan qabul qilinadi.
Dori vositalarini klinik tadqiqotlarsiz davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini berish Hukumat qarorida belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
«Zarur ishlab chiqarish amaliyoti – GMP» talablariga muvofiqligi bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazish talab etilmaydigan dori vositalari ro‘yxatiga kiritilgan dori vositalari, mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan xavfsizligi va samaradorligi referens preparatdan qolishmasligi klinik oldi tadqiqotlarida isbotlangan jenerik dori vositalari va galen preparatlari hamda bir ishlab chiqaruvchi tomonidan turli savdo nomlari ostida ishlab chiqilgan, tarkibi bir xil bo‘lgan dori vositalari klinik tadqiqotlarsiz davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Banklar oltin sotadimi?

O‘zbekistonda banklarga oltin sotish va xarid qilish huquqini kafolatlovchi...

Sayohat, ma’rifat va tozalik…

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi...

Kasaba uyushmalari harakati: yubiley tantanali nishonlandi

Surxon vohasida mehnatkashlar fidokorona mehnatini e’zozlash, ularning huquq va...

Obodonlashtirish yangi bosqichda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida hududlarni yanada chiroyli,...
KunTun
KunTun