Mobil ilova: Attraksionlarni nazorat qiladi

Date:

Ko‘ngilochar manzillar sifatida istirohat bog‘lariga borishni xush ko‘ramiz. Attraksionlarda uchish yuqori kayfiyat bag‘ishlab, zavqimizni oshiradi. Ammo attraksionlar bilan ko‘ngilsiz voqealar sodir bo‘lib, inson hayotida daxl qiluvchi ko‘ngilsizliklar ham sodir bo‘layotganini ko‘rib, kuzatib turibmiz. Texnik nosozliklar sabab bo‘layotgan bunday hodisalarning oldini olish yoki qandaydir chora toppish lozim. Zero, ko‘ngil yozaman deb borgan hech bir yosh o‘z uyiga sog‘-salomat yetib borsin.
Ana shunday holatlarning oldini olish maqsadida fuqarolar “attraksionnazorati” elektron platforma (mobil ilova) orqali attraksionlardagi nosozliklar, xavfsizlik talablari buzilayotgani va boshqa huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar berishlari mumkin. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-dekabrda qabul qilingan 886-sonli qaroriga muvofiq, bundan buyon O‘zbekistondagi barcha attraksionlarning Davlat reyestri tuziladi.
Belgilangan talablarni bajargan attraksionlar Davlat reyestriga kiritiladi va QR-kod beriladi. QR-kodlar attraksionga kirish joyida joylashtirilishi kerak. Mijozlar u orqali attraksion haqidagi barcha ma’lumotlarni bilib olishlari mumkin bo‘ladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Aqlli boshqaruv” tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish maqsadida “Issiqlikta’minoti” AJ...

Hamjihatlik gʻolib

Termiz garnizonidagi harbiy qismda “Ibratli harbiy oila” ko‘rik-tanlovining bosqichlaridan...

Qurilish yakuniy bosqichda

Qumqo‘rg‘on tuman markaziy shifoxonasi hududida yangi shoshilinch tez tibbiy...

Tarix va qadriyat tangalarda jam

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690...
KunTun
KunTun