Xarajati vaqtida qaytarib berilmadi

Date:

Adliya vazirligi xalqaro imtihonlarda yuqori ball olgan yoshlarga qaytarilmagan imtihon xarajati masalasida Yoshlar ishlari agentligiga taqdimnoma kiritgan. Shundan keyin 132 talabgorning puli to‘lanib, agentlik mas’ul xodimi ma’muriy javobgarlikka tortildi. Qolgan 177 nafar talabgorning ham xarajatlarini qoplab berish choralari ko‘rilmoqda. 2024-yil noyabr oyida tarmoqlarda xalqaro imtihonlarda yuqori ball olgan yoshlarning imtihon xarajatlari qoplab berilmayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Adliya vazirligi bu borada o‘tkazgan monitoringda aniqlanishicha, xalqaro imtihon tizimlarida yuqori ball olgan 309 nafar yoshning puli to‘lab berilmagan. Vazirlik Yoshlar ishlari agentligiga imtihon topshirish xarajatlarini ma’muriy reglamentga muvofiq to‘liq qoplab berilishini ta’minlash yuzasidan taqdimnoma kiritgan.
Bugungi kunda vakolatli organ tomonidan qolgan 177 nafar yoshlarning imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda. Qayd etilishicha, aniqlangan qonunchilik buzilishi holatlari yuzasidan agentlik mas’ul xodimi ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun