Shoxobcha foydalanishga topshirildi

Date:

“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali tomonidan tabiiy gaz yetib bormagan hududlarda yashovchi aholini o‘z vaqtida suyutirilgan gaz bilan ta’minlash maqsadida ko‘plab xayrli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Bandixon tumanida aholini suyultirilgan gaz bilan ta’minlash uchun “Diyor Bandixon gaz” MCHJ tomonidan markazlashgan suyultirilgan gaz tarqatish shoxobchasi foydalanishga topshirildi. Ushbu yangilik tumanimiz aholisi uchun quvonchli xabar bo‘ldi, desak yanglishmagan bo‘lamiz.
Shu kungacha aholimizga suyultirilgan gaz qo‘shni tumanlardan tashib keltirilgan. Endi suyultirilgan gaz yetkazib berish vaqti yanada tez va oson kechadi.
Ma’lumot uchun: Bugungi kunda tumanda jami 16 448 ta aholi xonadonlariga suyultirilgan gaz yetkazib beriladi. 40-45 kun muddatda 4 dona maxsus transport orqali gaz tarqatiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Xayrabod”da Navro‘z shukuhi

Xayrabod garnizonidagi harbiy qismda Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan...

Yashamasa, ro‘yxatdan chiqariladi

2026-yil 1-martdan boshlab Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP)...

Tabiatdan ilhomlanib…

Tabiat – ijodkorning eng katta ilhomi. Musaffo havo, quyosh...

Yangi ko‘prik quriladi

Prezident tashrifi chog‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo...
KunTun
KunTun