Elektromobillarni quvvatlantirish uchun maxsus tarif joriy etiladi

Date:

Elektromobillardan foydalanish ekologiya uchun zararsiz bo‘lib, foydalanuvchi uchun ham katta qulayliklar berishini yaxshi bilamiz. Faqatgina bunday mashinalarni quvvatlash masalasida qulaylik yaratilsa, bo‘lgani. Elektromobillarni quvvatlantirish uchun maxsus tarif joriy etilishi esa ana shunday qulaylik hisoblanadi.
Kelgusida iste’mol ko‘p bo‘ladigan ertalabki – soat 06:00 dan 10:00 gacha, shuningdek, kechki soat 17:00 dan 22:00 gacha bo‘lgan vaqt davomida elektromobilni quvvatlantirganlik uchun nisbatan oshirilgan, tungi vaqtda esa 50 foizgacha arzonlashtirilgan tarif qo‘llanishi mumkin. Energetika vazirligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, bu borada tegishli qaror loyihasi ishlab chiqilgan.
Vazirlikka ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda mingga yaqin, Toshkent shahrida esa 500 dan ortiq quvvatlantirish stansiyalari ishlab turibdi. 2024-yil 1-noyabrigacha O‘zbekistonga 5 417 ta quvvatlantirish stansiyasi olib kirilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun