“Yangi yil sport bilan”

Date:

Eng nafis sport turi — bu badiiy gimnastikadir. Bunda sportchi o‘zini qushdek yengil his etadi, go‘zal harakatlar namoyishi ila tomoshabinga ham estetik zavq ulashadi. Shu sabab ushbu sport turi bilan shug‘ullanishni yoshlikdan boshlash lozim. Xalq tili bilan aytganda “suyak qotmasligi” kerak.
Badiiy gimnastikani o‘rganib, mahoratini oshirgan yoshlarning iqtidorini esa turli tanlov va musobaqalar, tadbirlardagi chiqishlar namoyon etadi. Sportning badiiy gimnastika turi bo‘yicha 2020-2007-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida “Yangi yil sport bilan” shiori ostida o‘tkazilgan viloyat ochiq birinchiligi musobaqasida ham ana shunday iqtidorlar kashf etildi.
Ishtirokchilarning bari mahoratli, harakatlari go‘zal va nafis. Ular orasida Jarqo‘rg‘on tuman sport maktabi tarbiyalanuvchilari ham bo‘sh kelmadi. Maktab o‘quvchilari bo‘lmish Durdona Abdug‘aniyeva va Mehrangiz Normo‘minovalar munosib ishtirok etib, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun