“B2B” formatda…

Date:

Xalqaro hamkorlik aloqalari barcha sohalarda istiqbolli loyihalarni amalga oshirilishiga xizmat qilib, yangi qadamlarni boshlab beradi. Ayni maqsadda Termiz shahrida joylashgan Termiz davlat agrotexnologiyalar va muhandislik universitetida O‘zbekiston (Surxondaryo) – Xitoy biznes forumi hamda forum doirasida ikki davlat ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasida “B2B” formatdagi uchrashuvlar o‘tkazildi.
Dastlab, Xitoy davlatidan tashrif buyurgan delegatsiya a’zolari uchun rasmiy qabul o‘tkazildi. Unda davlatlarimiz Prezidentlarining o‘zaro do‘stlik munosabatlari, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi rivojlangan hamkorlik aloqalari keyingi yilda yangi bosqichga chiqqani qayd etildi.
Shundan so‘ng, Xitoydan tashrif buyurgan 20 dan ortiq kompaniyalar vakillari hamda vohamiz tadbirkorlari ishtirokida “B2B” formatidagi muzokaralar o‘tkazildi. O‘zaro uchrashuvlarda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, yangi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish yuzasidan qator kelishuvlarda erishildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imkon va imtiyozlar kengaymoqda

Muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yoshlar harbiy qismda oliygohga...

Reklama xarajatlarini davlat qoplaydi

1-yanvardan boshlab mahalliy sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni...

Sport jihozlari topshirildi

Termiz shahridagi “Kurash” sport majmuasida viloyatdagi barcha mahallalar yoshlari...

Hokim o‘z daraxtini ekdi

Mamlakatimiz bo‘ylab keng quloch yozgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi...
KunTun
KunTun