“AYOQSHlari bog‘i” tashkil etilmoqda

Date:

Davlatimiz rahbarining tashabbusiga binoan, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Surxondaryo viloyatida amalga oshirilayotgan yangi loyiha – “AYOQSHlari bog‘i” loyihasi amalga oshirilmoqda. Ushbu loyiha doirasida yoqilg‘i quyish shoxobchalari egalari tashabbusi bilan hududlarda 10 gektargacha bo‘lgan yashil maydonlar tashkil etilmoqda.

Jumladan, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz tumanida bo‘lib, “At-Termiziy” mahallasida tashkil etilgan bog‘ yaratish tadbirida ishtirok etdi. Mazkur tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, tadbirkorlar, nuroniylar hamda mahalla faollari ishtirok etib, daraxt ko‘chatlari ekdilar va yashil hududni barpo etish ishlariga o‘z hissalarini qo‘shdilar.

Shuningdek, shu yerning o‘zida viloyat rahbari “Zoom” platformasi orqali vohamizning barcha hudularida mazkur tashabbusga start berdi. Loyiha doirasida yashil hududlarni kengaytirish, avtomobillarning atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish va havo musaffoligini ta’minlash ko‘zda tutilgan.

D.Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun