Siz kelmang, o‘zimiz boramiz

Date:

Sog‘lik bo‘lmasa, bayram ham ko‘ngilga sig‘maydi. Bayram arafasida esa ko‘pchilik shifo istab, shifoxonaga borish o‘rniga, bayram o‘tishini kutishadi. Ana shunday insonlarning dardiga malham bo‘lish maqsadida Muzrabot tumani IIB boshlig‘i O‘tkir Shukurov tashabbusi bilan o‘ziga biriktirilgan “Oriyat” mahallasida yashovchi kam ta’minlangan oilalar uchun “Siz kelmang o‘zimiz boramiz” tamoyili asosida tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Malakali shifokorlar yotib qolgan bemorlar xolidan xabar olib, ularni ham tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi. Tibbiy ko‘rikda aniqlangan kasalliklar bo‘yicha maslahat va davolanish uchun yo‘llanmalar berildi. O‘z vaqtida o‘tkaziladigan tibbiy ko‘rikning ahamiyati shundaki, insonlarning doimo sog‘ligiga e’tiborli bo‘lishi va sog‘lom bo‘lib yurishi uchun xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Naqshbandiya yo‘lining yuragi

 Turkiya va Indoneziyada Surxondaryo viloyatining ziyorat va turizm salohiyati...

“27 qozonda – 27 xil osh”

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabalar turar joyida...

360 o‘rinli bog‘cha qurilishiga start berildi

Prezidentimizning qamrov darajasi past bo‘lgan hududlarda davlat-xususiy sherikchilik asosida...

Bandligi ta’minlandi

Angor tumanining “Qorasuv” mahallasida yashovchi, II guruh nogironi Zafar...
KunTun
KunTun