Saksovul o‘g‘rilari topiladimi?

Date:

Termiz shahrida tez-tez bo‘lib turadigan shamol, chang bo‘ronlarining oldini olish maqsadida cho‘l-dasht zonalarimizda minglab tup saksovullar ekildi. Bu ishlarga bevosita ishtirok etib, o‘z hissamizni qo‘shdik. Ana shunday sa’y-harakatlarimizni zoye ketkazuvchi ba’zilar tabiatga, ekologiyaga zarar yetkazishga urinishdi.

Viloyat Ekologiya boshqarmasi hamda viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida Termiz tumani “Kattaqum” mahallasi hududidagi xonadonlarning birida 90 qop saksovul o‘simligi chopilib, sotish maqsadida qopga joylab qo‘yilganligi ma’lum bo‘ldi.Mazkur holat yuzasidan saksovul o‘tini ashyoviy dalil sifatida vaqtinchalik olindi. Hozirda saksovul o‘tinlarini kim tomonidan chopilib, yig‘ib qo‘yilganligiga oydinlik kiritish choralari ko‘rilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ulkan marralar sari…

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Surxondaryo viloyati hokimi...

Yangi yo‘nalish — yangi qulaylik!

Aholiga yanada qulay sharoit yaratish va transport xizmatlari sifatini...

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...
KunTun
KunTun