Parijda “Devonu lug‘otit turk” asarining 950 yilligiga bag‘ishlab…

Date:

Fransiya poytaxtidagi YUNESCOning shtab kvartirasida Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarining 950 yilligiga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkazildi. Anjuman doirasida turkiy dunyoning boy merosi va intellektual an’analari ramzi bo‘lgan mazkur asarning ozarbayjon tiliga tarjimasi taqdim etildi. Yig‘inda turkiy davlatlarning Fransiyada akkreditatsiyadan o‘tgan elchilari, YUNESCO ishlari bo‘yicha milliy komissiyalar bosh kotiblari va turkiy davlatlarning YUNESCOdagi doimiy vakillari, shuningdek, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, Turkmaniston, Vengriya va boshqa davlatlarning taniqli olimlari ishtirok etdi.

E’tiborli jihati, tadbirda Istanbuldagi Ali Amiriy Afandi kutubxonasida saqlanayotgan “Devonu lug‘otit turk”ning asl nusxasidan ko‘chirilgan maxsus tayyorlangan nusxasi taqdim etildi.

Konferensiyadan ko‘zlangan maqsad, Mahmud Koshg‘ariy tomonidan XI asrda yaratilgan ushbu monumental asarning ahamiyatini o‘rganish, uning zamonaviy davrdagi dolzarbligini ta’kidlash va bu merosni kelajak avlodlar uchun asrab-avaylash borasida yangi tashabbuslarni ilgari surishdan iboratdir.

Mahmud Qoshg‘ariy tomonidan tuzilgan bu asar shunchaki lug‘at emas, balki turkiy tillar boyligi, turkiy an’analar hikmati va turkiy madaniyatning jo‘shqinligini aks ettiruvchi ensiklopediya sifatida ta’riflanadi. Lug‘atda 9000 dan ortiq turkiy so‘zlarning arabcha ekvivalentlari mavjud. So‘zlarni izohlashda qo‘llanilgan she’r, maqol va nasr namunalari bu kitobga qomusiy xususiyat bag‘ishlaydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

KUCH VA ADOLAT

Amir Temur jahon tarixida buyuk sarkarda va dono davlat...

BALIQLARGA HAYOT, TABIATGA NAJOT

Viloyatimizda tabiiy suv havzalaridagi baliq resurslarini asrash, ularni ko‘paytirish...

DEPUTAT TASHABBUSI MOLIYALASHTIRILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-avgustdagi “Tashabbusli budjet jarayonlarini takomillashtirish...

NAQD PULDAN RAQAMLI TIZIMGA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrda qabul qilingan PF-246-sonli Farmoni...
KunTun
KunTun