Texnologik metallar oliy maktabi tashkil etiladi

Date:

«O‘zbekiston texnologik metallar kombinati» AJ va Istanbul texnika universiteti o‘rtasida ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzolandi. Memorandumda Markaziy Osiyo universiteti qoshida Texnologik metallar oliy maktabi tashkil etilishi belgilandi.
Ushbu oliy maktabning vazifasi texnologik metallar sohasida magistratura va doktorantura talabalarini, ilmiy tadqiqotchilarni yetishtirib chiqarish, shu bilan birga, ilmiy materiallar va ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, tog‘-kon ishlari, metallurgiya, materialshunoslik, nanotexnologiya hamda energetika bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlarni olib borishdan iborat. Shuningdek, Texnologik metallar oliy maktabi dual ta’lim tamoyiliga asoslangan bo‘lib, unga ko‘ra talabalar 70-80 foiz vaqtini ishlab chiqarish korxonalarida, ya’ni amaliyotda o‘tkazadilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun