Gul yetishtirib…

Date:

Ko‘chaga chiqishimiz bilan yo‘l yoqalab ekilgan turfa rangdagi gullar qishin-yozin bahri dilimizni ochadi. Albatta, gulchilarimiz yilning to‘rt faslida ham mavsumga chidamli gullarni yetishtirib berayotganliklar o‘zlari uchun daromad manbai bo‘lsa, aholi uchun estetik zavq bag‘ishlayapti.
Gul ko‘chatlari yetishtirish bo‘yicha o‘ziga xos tajriba to‘plagan Sho‘rchi tumanilik Gulsara Eshimova ko‘p yillardan buyon gulchilik bilan shug‘ullanadi. 3,5 sotixlik issiqxonasida 15 turdagi gullarni parvarish qilmoqda.
– Qariyb 15 yildan buyon gulchilik bilan shug‘ullanaman, – deydi G.Eshimova. – Oilamiz bilan xonadonimizdagi issiqxonada o‘sayotgan gullarni mehr bilan parvarish qilyapmiz. Bilasizmi, gul ham so‘zlaydi. Sizga tabassum qiladi. E’tibor bersangiz o‘z tilida shifirlaydi. Gullarga e’tibor paravarish kerak. Tuprog‘ining yumshoqligiga ahamiyat qaratish kerak. Qatqaloq bo‘lib qolmasligi zarur. Gullar bilan suhbatlashish, e’tibor ko‘satish kerak. Inson mehnat qilsagina natijaga erishadi
Darhaqiqat, tabiatga oshnolik, atrof-olam, ekologiyaga ko‘rsatilgan e’tibor kishilarni doimo ezgulikka, farovonlikka, mehr-muhabbatga chorlaydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

5 yil xizmat majburiyati joriy etildi

Endi o‘zbekistonlik harbiy oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari ofitser lavozimlarida...

Huquqiy bilimi oshirildi

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘mondonligi va Termiz harbiy prokuraturasi...

Tangalar yurtda qoldi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Termiz aeroporti” chegara bojxona postida...

Qulay va zamonaviy…

Surxondaryo viloyatida tuman markazlarini zamonaviy shaharsozlik talablariga mos ravishda...
KunTun
KunTun