Madaniyat markazi faoliyat boshladi

Date:

Sho‘rchi tumanidagi 57-son madaniyat markazi o‘z faoliyatini boshlaganidan xabardorsiz. Markazda “Bulbuligo‘yo”, “Kumush tola”, “Maqomchilar” kabi 6 ta xalq unvoniga ega jamoalar faoliyat yuritayotgani esa e’tirof etarli jihat, tuman ahli uchun esa iftixor etguli holat.
Dutor, gitara, raqs, dizayner va rassomchilik, qashqar rubob kabi to‘garaklar faoliyat yuritayotgan markaz har kuni san’atga ishtiyoqmand yoshlar bilan gavjum. 190 nafar yoshni qamrab olgan to‘garak xonalarida mashg‘ulotlar o‘tkazilib, har bir yoshning kerakli bilim va ko‘nikmalarni olishlari uchun ustozlar astoydil kirishishgan.
Qolaversa, madaniyat markazida turli madaniy-ma’rifiy tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish uchun ham shart-sharoit yaratilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kichik loyiha — katta natija

Hududlarda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish nafaqat iqtisodiy o‘sishga,...

Bolalarga quvonch ulashib…

Jamiyatda mehr-oqibat va saxovat qadri baland bo‘lgan yurtda ezgu...

“Temurbek” — sahnada jonlandi

Yurtimizda buyuk ajdodlar merosini targ‘ib etish, yosh avlodni tarixiy...

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...
KunTun
KunTun