Xayrli tashabbusga qo‘l urildi

Date:

Ijtimoiy himoya milliy agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasi tashabbusi bilan Termiz tumanidagi oilaviy mehribonlik uyida tarbiyalanayotgan 5 nafar to‘ybolaning sunnat to‘ylari o‘tkazib berildi. To‘yga to‘yona sifatida velosiped, kitoblar jamlanmasi va turli xildagi o‘yinchoqlarning sovg‘a qilingani bolajonlarning xursandchiligiga sabab bo‘ldi.
O‘tkazilgan sunnat to‘ylari o‘ziga xos, milliy an’analarimiz asosida tashkil etildiki, bu keng jamoatchilik, ayniqsa, to‘ybolalar va ularning ota-onalari qalbiga quvonch hadya etdi. Tabrik va qutlovlardan barcha behad mamnun bo‘ldi. Bayramona bezatilgan dasturxon, sho‘x-shodon kuy-qo‘shiqlar kechaning yanada fayzli o‘tishiga xizmat qildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun