Komandir kuzatildi

Date:

Har bir er yigit vatanga xizmat qilmoqlikni o‘ziga sharafli burch deb biladi. Kelajagini vatan taqdiri bilan bog‘lab, umrini yurt koriga kamarbasta qiladi. Ha, armiyamizda ana shunday mardlar xizmat qilib kelmoqda. Ularning har birlarining xizmat yo‘llari sharafga to‘la. Bu yo‘llar yoshlar uchun katta ibrat maktabidir.
Harbiy qism komandiri, podpolkovnik Otabek Dehqonov ham ana shunday minglarning biridir. Sariosiyo tumanida joylashgan 39501 harbiy qismda harbiy qism komandiri podpolkovnik Otabek Dehqonovni kuzatuv tadbiri o‘tkazildi. Unda Sariosiyo tuman hokimi Abduqodir Donayev, sektor rahbarlari, harbiy qism komandiri, 68750 harbiy qism komandiri o‘rinbosari hamda qator mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.


Tadbirda so‘zga chiqqanlar ushbu harbiy qismda podpolkovnik O.Dehqonov boshchiligida olib borilgan islohotlar hamda erishilgan qator yutuqlar borasida to‘xtalib o‘tdilar. Harbiy qism komandiri podpolkovnik O.Dehqonovga mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning mudofaa qudrati va harbiy-texnik salohiyatini yuksaltirish, davlat xavfsizligi va chegaralarimiz daxlsizligini ta’minlash, professional milliy armiyani shakllantirish va nufuzini oshirishdagi katta xizmatlari, jamiyatda tinchlik-osoyishtalik hamda jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi samarali mehnati, sharafli va muqaddas burchini bajarishda mardlik, jasorat va fidoyilik ko‘rsatgani, yoshlarni vatanparvarlik va ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, yuqori mahoratga ega kadrlarni tayyorlash ishlariga qo‘shgan munosib hissasi tuman hokimligining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Oldingi sahifaBekat savdo nuqtasi emas…
Keyingi sahifaSavdogar va Jin

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Tabiat uchun g‘amxo‘rmiz”

Boysun tumanida atrof-muhitni asrash va ekologik madaniyatni yuksaltirish maqsadida...

Milliy dastur ishga tushiriladi

Mamlakatda infarkt va insultning oldini olishga qaratilgan “Infarkt va...

Mahkumlar masofali video-uchrashuvdan foydalanadi

Jinoyat-ijro kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, endi mahkum o‘z shaxsiy...

Eksport hajmi oshadi

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va aholini yil davomida sabzavot mahsulotlari...
KunTun
KunTun