G‘oliblik uchun ringga chiqdilar

Date:

Har bir sport turining o‘ziga yarasha e’tibor tortadigan jihati bor. Futbolning ishqibozlari bo‘lganidek, boksning ham muxlislari talaygina. Ular har bir roundni katta qiziqish va emotsiya bilan tomosha qilishadi. Ko‘plab yoshlar esa ayni sport turiga qiziqish, o‘zlarini ham sinab ko‘rishgani esa yurtimizda ko‘plab bokschilarning yetishib chiqishiga xizmat qilayotir.
Surxondaryo viloyati Sport boshqarmasi, O‘zbekiston boks federatsiyasi Surxondaryo viloyati bo‘limi va Jarqo‘rg‘on tuman sport maktabi hamkorlikda Jarqo‘rg‘on tumanida boks bo‘yicha 2007-2008-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatiga saralash viloyat birinchiligi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada shahar va tumanlardan 300 nafar o‘smir ishtirok etib, g‘oliblik uchun ringga chiqdilar. G‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar O‘zbekiston chempionatida ishtirok etish uchun yo‘llanmalarni qo‘lga kiritdilar. Umumjamoa hisobida Jarqo‘rg‘on tuman sport maktabi sportchilari 1-o‘rinni egalladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun