Mahalliy Kengashlarning hududiy rivojlanishni ta’minlashdagi ahamiyati

Date:

Bugun xalq manfaati, uning orzu-istaklari, maqsad va muddaosi ham, qolaversa, fikrlash tarzi ham o‘zgardi. Xalqchil islohotlarning tashabbuskori, hududlarning rivojlanishi, davlat dasturlarining ijro etilishida jamoatchilik nazorati tobora kuchayib, joylarda faoliyat yuritayotgan deputatlarning, ayniqsa, mahalliy kengashlarning hamjihatlik va tashabbuskorlikda faoliyat yuritishini davrning o‘zi dolzarb qilib qo‘ydi. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda bugungi kunda mahalliy kengashlarning hudud rivojida, aholi manfaatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdagi roli ortib, funksional vazifasi ham tubdan takomillashdi.
Bu borada so‘nggi yillarda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini ijtimoiy himoya qilishga oid dolzarb masalalarni hal qilish bo‘yicha vakolatlari kengaytirilib, xalq hokimiyatchiligini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish borasida keng qamrovli islohotlar amalga oshirildi.
Mahalliy Kengashlarning nazorat faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan huquqiy asoslar yaratildi. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyati ustidan xalq deputatlari Kengashlarining nazorat funksiyalarini kengaytirish maqsadida ularga o‘ndan ortiq qo‘shimcha vakolatlar berildi. Xususan, prokuratura, adliya, ichki ishlar, moliya, soliq, ekologiya va sog‘liqni saqlash organlari rahbarlarining hisobdorligi belgilab qo‘yildi.
Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari va ijro etuvchi hokimiyat organlari vakolatlari, mahalliy Kengash raisi va hokim lavozimlari bir-biridan ajratilganligi hokimiyatlar bo‘linishiga oid konstitutsiyaviy tamoyilning mahalliy darajada ijrosini ta’minlashda muhim qadam bo‘ldi.
Shu bilan birga, “O‘zbekiston — 2030” strategiyasida ko‘rsatib o‘tilgan maqsadlar mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarini xalqning haqiqiy “ovoziga” aylantirish, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini transformatsiya qilib, hududiy boshqaruvni “aholi manfaatlariga xizmat qilish” tamoyili asosida yo‘lga qo‘yishni talab etmoqda.

Dilmurod Fayzullayev,
Demokratik jarayonlarni tahlil qilish makazi
Surxondaryo viloyat hududiy bo‘linmasi
bosh mutaxassisi

Oldingi sahifaTARBIYA
Keyingi sahifaOylik doirasida…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Taraqqiyot poydevori

Jamiyat taraqqiyoti, inson tarbiyasiga, inson tarbiyasi esa ilk yoshdan...

GANDBOL OMMAVIYLASHMOQDA

O‘zbekistonda sport sohasiga qaratilayotgan ulkan e’tibor bugun qanday samara...

Orzu va umidlar atlasimda jam

Yurtimizda milliy merosimizni asrab-avaylash, qadimiy san’at va hunarmandchilikni tiklash,...

Ro‘yxatga olish — muhim tadbir

Mamlakatni rivojlantirish istiqbollarini belgilashda aholining demografik va ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari,...
KunTun
KunTun