Boysunda kutubxonachilar jam

Date:

Yoshlarning kitobga oshno bo‘lishlari, qaysidir ma’noda kutubxonachilarga ham bog‘liq. Shirinso‘z, kerakli tavsiya va maslahat bera oladigan kutubxonachi faoliyat olib boradigan kutubxonada kitobxonlarning qadami uzilmaydi. Aks holda o‘quvchilarni mutolaa qilishlaridan umidni uzsa ham bo‘laveradi. Demak, bugungi kunda kutubxonachilardan ishiga mas’uliyat bilan yondashishlari talab etiladi.Ayni maqsadda Boysun tumani axborot-kutubxona markazida viloyat, tumanlar axborot-kutubxona markazlari rahbarlari hamda mas’ul xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi. Seminarda o‘zaro tajriba almashish, kutubxonachilarning amaliy ko‘nikmasi va kasbiy mahoratini yanada oshirishga oid taqdimotlar o‘tkazildi.“So‘ragan kitobni javondan olib berish – bu hali kutubxonachi degani emas. Lekin ko‘pchilik kutubxonachi ishini shunday jo‘n tushunadi. Kutubxonachi – pedagog, uning tavsiyalari ko‘p narsani o‘zgartirishi mumkin. Bugungi kun kutubxonachisi dunyoning shu sohada erishgan barcha yutuqlaridan boxabar bo‘lishi, zamon va yoshlar talabini tez ilg‘ashi, ularga yo‘l ko‘rsatish uchun o‘zi zakovatli shaxs bo‘lishi kerak” – deyildi seminarda.Tadbirda viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Zahiriddin To‘rayev ishtirok etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sanjar shohsupada

Termiz shahrida o‘tkazilgan “Muay Thai” bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi –...

Ro‘yxatdan o‘tish majburiy

1-oktyabrdan boshlab O‘zbekistonda moped va skuterlarni boshqarish faqat A...

Tartibi aniq

Hukumatning 2025-yil 10-oktyabrdagi 637-son qarori bilan imtiyozli shartlarda pensiyaga...

 “Shymkent Cup 2025”da yorqin natija

Qozog‘istonning Shimkent shahrida bo‘lib o‘tgan nufuzli “Shymkent Cup Taekwondo...
KunTun
KunTun