Namunali madaniyat markazi foydalanishga topshirildi

Date:

Jamiyatimizdagi yangilanish ruhini har bir yurtdoshimizga yetkazish, shu asosda aholi qalbi va ongida vatanparvarlik ruhini ko‘tarish, aholi, ayniqsa, olis hududlarda istiqomat qiladigan fuqarolarga madaniy dam olish xizmatlari ko‘rsatish darajasini oshirish, respublikaning barcha hududlarida teatr, sirk va boshqa turdagi ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlari tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilgan. Shu maqsadda har bir tumanda sahnali zal, kutubxona, kinozal va to‘garak xonalari bo‘lgan madaniyat markazi faoliyati yo‘lga qo‘yilishi belgilangan.
Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilda viloyat hokimligi mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan, qisqa muddatda tadbirkor “Javohir Asliddin xususiy korxonasi” tomonidan jami 133 million so‘mlik kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, “O‘zbekiston” mahallasida 400 o‘rinli 46-sonli Uzun madaniyat markazi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. San’atga oshufta ko’ngillarning xursandchiligi cheksiz. Endilikda ushbu markazda iqtidorlar kashf etiladi, aholi, keng jamoatchilik vakillari uchun ommaviy-madaniy va konsert dasturlari namoyish etib boriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

KUCH VA ADOLAT

Amir Temur jahon tarixida buyuk sarkarda va dono davlat...

BALIQLARGA HAYOT, TABIATGA NAJOT

Viloyatimizda tabiiy suv havzalaridagi baliq resurslarini asrash, ularni ko‘paytirish...

DEPUTAT TASHABBUSI MOLIYALASHTIRILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-avgustdagi “Tashabbusli budjet jarayonlarini takomillashtirish...

NAQD PULDAN RAQAMLI TIZIMGA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrda qabul qilingan PF-246-sonli Farmoni...
KunTun
KunTun