Elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari o‘rnatiladi

Date:

Elektromobillarning afzalliklarini yaxshi bilamiz. Birinchi navbatda, ekologiyani zararli tutun va gazlardan himoya qilgan bo‘lamiz. Qisqa fursatlarda aholi orasida elektromobillar xarid qilish soni oshib bormoqda. Keyingi masala esa ularni quvvatlantirishdir.
Hukumat qarori bilan mamlakatda 2024−2025 yillarda elektromobillardan foydalanish infratuzilmasini kengaytirishning qo‘shimcha chora-tadbirlarining tasdiqlangani esa ushbu masalaga ham yechim topdi. Unga ko‘ra, 2025-yil oxirigacha O‘zbekiston bo‘ylab 32,4 mingta elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalarini o‘rnatish rejalashtirilgan. Ularning deyarli to‘rtdan uch qismi uy-joylar atrofidagi avtoturargohlarga to‘g‘ri keladi.
Davlat tasarrufidagi bo‘sh turgan, shuningdek, davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, davlat korxonalari hududida stansiyalarni o‘rnatish joyi «K-Savdo»da elektron onlayn-auksion orqali ijaraga beriladi. Bunda stansiyalarni qurish uchun barcha sharoitlarga ega o‘rnatish joylari «yashil» toifa, qo‘shimcha kommunikatsiya tarmoqlarini qurish zaruratiga ega joylar «sariq» toifa sifatida belgilanadi. Ularni qurish esa g‘olib tomonidan amalga oshiriladi.
Hududlarda stansiyalar o‘rnatiladigan hududlar 120 oygacha foydalanish huquqi bilan auksion orqali sotilishi yoki ijaraga berilishi mumkin. Bunda elektr ta’minotining texnik holati va mavjud quvvatlardan kelib chiqilishi kerak. Agar ijaraga beriladigan joyda g‘olib 6 oygacha stansiyalar o‘rnatmasa, ijara shartnomasi bekor qilinadi hamda yer uchastkasi, ko‘chmas mulk qaytadan auksionga chiqariladi.
Energetika vazirligiga «Hududiy elektr tarmoqlari» bilan yil yakunigacha yagona energetika tizimida quvvat tanqisligi davrlarida korxona tomonidan tadbirkorlar va aholi o‘rnatadigan stansiyalar iste’mol quvvatini kamaytirish imkoniyatini yaratish bo‘yicha takliflarni hukumatga kiritish topshirildi. Shuningdek, 2025-yilning 1-fevralidan yangi loyihalashtiriladigan avtoturargohlarning kamida 5 foizi (bitta joydan kam bo‘lmagan holda) elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalarini joylashtirish uchun ajratiladi. Bunda davlat organlari, savdo va biznes markazlari, ko‘ngilochar va dam olish maskanlari, AYQShlar, mehmonxonalar, xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘llari bo‘yidagi infratuzilma obektlaridagi «parkovka»lar nazarda tutilgan.
Aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini, yuqori va past kuchlanishli tarmoqlarni modernizatsiya, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash dasturlarini ishlab chiqishda stansiyalar hamda ularning yagona elektr energetikasi tizimiga yuklamasini inobatga olish talab etiladi.
Yakka tartibdagi va ko‘p kvartirali uy-joylar hududida, shu jumladan, ko‘p kvartirali uy-joylar avtoturargohlarida 22 kVt eng yuqori quvvatga ega stansiyalar o‘rnatiladi. Tadbirkorlar ko‘p kvartirali uylarning faqat avtoturargohlarida stansiyalar o‘rnatishlari mumkin.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Ustozlik — taqdirim, mukofot esa sharafim”

O‘qituvchilik — bu kasb emas, bu taqdir. Har bir...

Birinchi saboq

Maktabda kirish qo‘ng‘irog‘i jiringlashi bilan sinfxonalarga bir-bir ko‘z yugurtirish...

Taraqqiyot poydevori

Jamiyat taraqqiyoti, inson tarbiyasiga, inson tarbiyasi esa ilk yoshdan...

GANDBOL OMMAVIYLASHMOQDA

O‘zbekistonda sport sohasiga qaratilayotgan ulkan e’tibor bugun qanday samara...
KunTun
KunTun