Zamonaviy texnikalar jalb qilindi

Date:

Viloyatimizda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda katta tajribaga ega ekanini hisobga olsak, fermer va dehqonlarimiz yerga urug‘ qadab, mo‘l hosil olib kelishadi. Har yilgi mo‘may daromad esa yanada shijoat bilan ishlashga kuch va g‘ayratni oshirishi aniq. Qolaversa, sohaga innovatsion texnika va texnologiyalarni olib kirishga sabab bo‘layotir.
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Fayz agro 555” fermer xo‘jaligi dalasida 2025-yil hosili uchun kuzgi shudgorlash ishlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish hamda Xitoydan olib kelingan zamonaviy chigit ekish seyalkasi bilan tanishish maqsadida tashkil etilgan ko‘rgazmali seminarda ayni jihatlarga e’tibor qaratildi.
Seminarda qishloq xo‘jaligi sohasi mutasaddilari, tuman hokimlarining o‘rinbosarlari, hududlardan taklif etilgan fermer xo‘jaliklari rahbarlari va “Zoom” orqali tumanlar sektor rahbarlari qatnashdi. Seminar davomida Xitoydan olib kelingan zamonaviy texnikaning afzalliklari, uni ishlatishning qishloq xo‘jaligida qanday natijalarga olib kelishi mumkinligi haqida ma’lumot berildi.
Tadbirda ishtirokchilar kuzgi shudgorlash ishlarining samaradorligini oshirish bo‘yicha tajriba almashishdi. Xususan, chigit ekish seyalkasi va paxta terish mashinalarining o‘ziga xos xususiyatlari namoyish etilib, bu texnikalar mehnat unumdorligini oshirish, hosildorlikni ko‘paytirish va ish jarayonlarini optimallashtirishga qaratilganligi ta’kidlandi.
Yakunda seminar ishtirokchilari o‘zlarining savollariga mutaxassislardan javoblar olishdi. Yangi texnologiyalarning joriy etilishi qishloq xo‘jaligidagi barqaror rivojlanishni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega ekanligi qayd etildi.
Ma’lumot uchun, viloyatimizning 300 nafar fermeri Xitoydan zamonaviy texnikalarni keltirish tashabbusi bilan chiqqan bo‘lib, ular bu orqali qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini yangilash va yanada samaradorlikka erishishni maqsad qilishgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzunlik polvon misrda kuchini ko‘rsatdi

Bugungi kunda parasport turlari bo‘yicha yoshlarimizning erishayotgan yutuqlari barchamiz...

“Kitob o‘qib kam bo‘lmadik, yuksaldik, o‘sdik”

Oila — insonning birinchi maktabi, kitob esa bu maktabning...

BOBOTOG‘DAY BO‘LDI XIRMONLAR…

Viloyatimiz paxtakorlari yurtimiz agrar sohasida navbatdagi yirik yutuqqa erishdi...

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Timur ISMOILOVning voha ahliga MUROJAATI

So‘nggi yillarda Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosat tufayli...
KunTun
KunTun