Rejalar sifatli amalga oshsa…

Date:

Har bir hududni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish, mahalla infratuzilmasini yaxshilash aholi hayotini farovonlashtirishga, turmushini yaxshilashga xizmat qiladi. Shu ma’noda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida Boysun tumanida viloyat, tuman sektor rahbarlari, faollar va nuroniylar hamda mutasaddilar ishtirokida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, aholi turmush farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.
Tuman hokimi viloyat rahbari hamda faollarga bu borada amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar va loyihalarni taqdimot qildi. Unga ko‘ra yil yakuniga qadar tumanda 4 ta umumta’lim maktablarini joriy ta’mirlash, 34,5 kilometr ichki yo‘llarni asfaltlash, 28 kilometr elektr va 38,7 kilometr ichimlik suvi tarmoqlarini yangidan barpo etish maqsad qilingan.
Viloyat rahbari taqdimotlar bilan tanishib, tuman nuroniylari va faollarining takliflarini tingladi. Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush sharoitlarini yaxshilash borasidagi muammolarni hal etish masalalari muhokama qilindi. Mutasaddilarga vazifalar belgilanib, nuroniylar va faollar bilan maslahatlashgan holda ishlarni tashkil etish, taqdimot qilingan rejalarning sifatli amalga oshirilishini ta’minlash topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imkon va imtiyozlar kengaymoqda

Muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yoshlar harbiy qismda oliygohga...

Reklama xarajatlarini davlat qoplaydi

1-yanvardan boshlab mahalliy sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni...

Sport jihozlari topshirildi

Termiz shahridagi “Kurash” sport majmuasida viloyatdagi barcha mahallalar yoshlari...

Hokim o‘z daraxtini ekdi

Mamlakatimiz bo‘ylab keng quloch yozgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi...
KunTun
KunTun