Yuk

Date:

— Sobir, yomg‘ir tinguncha biznikiga kirib tur.
Maktabdan qaytishda o‘rtog‘ining uyigacha kelishlari bilan jala quyib yubordi. Sobirning xayoliga yo‘l bo‘yida turadigan onasining xonim aravasi keldi. Do‘stining qistoviga qaramay, uyga kirmadi. Kichik kelib qolgan poyafzali bilan oyog‘ini yer tishlayotgandek sakrab-sakrab ko‘cha boshiga qarab chopib ketdi…

Opa-singillar

Opa-singillar turmushga chiqishdi: biri mol-dunyosi behisob erkatoyga, ikkinchisi so‘mni so‘mga ulab yashayotgan bechoraholga.
Opada dang‘illama uy, qator-qator mashina, kalondimog‘ qaynona, olifta er.
Singilda paxsa uy, nurayotgan devor, sodda qaynona, mehnatdan boshi chiqmagan er.
Unisining qadami o‘lchovli, so‘rovli, tergovli. O‘z uyida begona.
Bunisida borini baham ko‘rishgan, uyim-joyim deb turishgan. Yarimta non — rohatijon. Qiziq, kichik qiz opasiga havas qiladi…
Opa esa singlisiga…

Lola

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imkoniyatlar kengaymoqda

O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Termiz tumanida faoliyat yuritayotgan...

Yangi tur aniqlandi

O‘zbekiston hududida bo‘ri o‘rgimchaklar oilasiga mansub yangi tur aniqlandi....

Ramazon — mehr va bunyodkorlik oyi

Yurtimizda muqaddas Ramazon oyi “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va...

Og‘ir toifadan chiqariladi

Denov tumanida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov 21 gektar maydonda...
KunTun
KunTun