Endi o‘zimizda

Date:

So‘nggi rusumdagi texnika, texnologiyalarimiz bo‘lsa, o‘zimizda ham yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini amalga oshirish mumkin. Bu yo‘lda malakali shifokor va jarrohlarimizning xizmati katta. Sho‘rchi tumani Tibbiyot birlashmasiga qarashli rejali Xirurgiya bo‘limida ilk marotaba eng so‘nggi rusumdagi zamonaviy tibbiy apparaturalar yordamida, yuqori texnologik operatsiya o‘tkazildi.
Ushbu operatsiyaning afzalligi bemor uchun tuzalish holatini tezlashtiradi. Qolaversa, operatsiya jarayonida kamroq jarohat (chandiq) yetkaziladi. Ilgari bu turdagi operatsiyalarni o‘tkazish uchun bemorlarning qo‘shni tumanlarga yoki viloyatga borishiga to‘g‘ri kelardi. Endilikda tumanimizning o‘zida bu amaliyotlar muvaffaqiyatli bajarilmoqda. Bu esa bemorlarning vaqtini tejashga xizmat qiladi.
Jarrohlar ruchka qalinligidagi naycha orqali bemorning o‘t pufagidagi toshlarni lazerda maydalab, chiqarib olishdi. Jarrohlik amaliyoti kam jarohatli kechganligi sababli bemorga 3 kunda uyiga ketish uchun ruxsat beriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun