Malaka toifa sinovlari boshlandi

Date:

Termiz shahridagi 26-umumta’lim maktabida maktabgacha, umumtaʻlim va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagoglari uchun malaka toifa sinovlari boshlandi. Attestatsiyaning ilk kunida informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari ishtirok etishdi. Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyev malaka sinovlari bo‘lib o‘tayotgan manzilga tashrif buyurib, jarayonlarni kuzatib bordi.

Eʼtiborli jihati, mazkur toifa sinovlarida 136 ming pedagog navbatdan tashqari qatnashish istagini bildirgan. Shundan ham bilish mumkinki, toifa sinovlarini oʼtkazishning shaffof tizimi yaratilgani o‘qituvchilarimizda ishonch va katta qiziqish uyg‘otgan.

Sinovlar joriy yilning 16-noyabr kuniga qadar davom etishi belgilangan bo‘lib, bunda jami 12 ming 553 nafar surxondaryolik pedagoglar qatnashadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun