Kuzgi shudgorlash boshlandi

Date:

Ma’lumki, kuz faslida mavsumiy qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishga tayyorgarlik ishlari vohamizning har bir go‘shasida ilg‘orlab ketdi. Sifatli mahsulot, unumli daromad olishimiz uchun, eng avvalo, yer unumdorligi muhim ahamiyatga egadir. Buning uchun yerga kerakli o‘g‘itlar berilib, mashaqqat bilan mehnat qilishimiz darkor.
Shuningdek, Jarqo‘rg‘on tumanida kuzgi shudgorlash ishlariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Unda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirokida vohamizning boshqa tumanlari videokonfrensaloqa shaklida qatnashdilar.
Mazkur seminarda 2025-yil hosili uchun kuzgi shudgorlash ishlarini qisqa muddatlarda tizimli tashkil etish masalalari muhokama qilinib, mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi. Bundan tashqari, har bir tumanda “Shudgor-2025” shtabini tashkil qilish, texnikalarni shay holatga keltirish, shudgorlash ishlarini fosforli va kaliyli o‘g‘itlar bilan olib borish hamda yerni sifatli haydalishini ta’minlash, bunda mas’ullar tomonidan amaliy ko‘maklar ko‘rsatish yuzasidan aniq muddatlar bilan vazifalar topshirildi.
Shuningdek, shudgorlash ishlari uchun tashkil etilgan otryadlarga oziq-ovqat mahsulotlari hamda maxsus kiyim-boshlar topshirildi.

D.Mahmudova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bolalar uchun yangi imkoniyatlar

Mamlakatimizda “inson qadri – eng oliy qadriyat” tamoyili asosida...

100 gektarda yashil maydon

Yurtimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash va yashil hududlarni kengaytirish davlat...

Kichik loyiha — katta natija

Hududlarda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish nafaqat iqtisodiy o‘sishga,...

Bolalarga quvonch ulashib…

Jamiyatda mehr-oqibat va saxovat qadri baland bo‘lgan yurtda ezgu...
KunTun
KunTun