Tibbiy ko‘rik tashkil etildi…

Date:

Issiq jonning isitmasi bor deganlaridek, betob bo‘lmaydigan insonning o‘zi bo‘lmasa kerak, hech bo‘lmasa, yengilgina shamollashni boshidan kechiradi. Ammo ichimizda shunday kasalliklar borki, ko‘rinishimizdan sog‘lom insonlardek ko‘rinsak-da, ichki organimizdagi kasallikni ultra tekshiruvlarsiz bilmaymiz.
Qarabsizki, kasallik rivojlanib, allaqachon organizmga o‘z ta’sirini ko‘rsatganidan keyingina payqaymiz. Afsuski, keyin kasallikning oldini olishga kech bo‘lgan bo‘ladi. Ana shunday ko‘ngilsizliklarga yo‘l qo‘ymaslik uchun kasallikni erta aniqlab oldini olishlari uchun aholiga bepul chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik xizmati yo‘lga qo‘yilgan.
Ma’lumki, mamlakatimizda aholi salomatligiga katta e’tibor qaratilayotir. Shuningdek, kasallikni erta aniqlab oldini olish, kerakli muolajalarni o‘z vaqtida o‘tkazish maqsadida bepul chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkalmoqda. Ushbu chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikning aholi salomatligi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan, Termiz tumanidagi Yangiyer” mahallasida tashkil etilgan bepul chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tadbiri aholining salomatligini himoya qilishga qaratilgan bo‘lib, tadbir doirasida bir qator tibbiy xizmatlar, xususan, kasalliklarni erta aniqlash, profilaktika va davolash bo‘yicha keng qamrovli choralar amalga oshirildi.
Tibbiy ko‘rikda asosiy e’tibor yurak-qon tomir kasalliklari, diabet, saraton va boshqa surunkali kasalliklarning oldini olish va ularni dastlabki bosqichda aniqlashga qaratildi.
Maxsus tahlillar va diagnostika usullari yordamida aholining sog‘lig‘i sinchkovlik bilan tekshirildi. Ko‘rik davomida turli tibbiyot sohalari bo‘yicha malakali shifokorlar (terapevt, kardiolog, endokrinolog, ginekolog va boshqalar) aholiga individual maslahatlar berdi. Bunday tibbiy ko‘riklar aholining tibbiy xizmatlardan keng foydalanishiga yordam beradi va kasalliklarni vaqtida aniqlab, davolash imkoniyatini oshiradi.

D.Mahmudova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi tartib joriy etilmoqda

O‘zbekistonda aholining ko‘p yillardan beri muammoga aylangan — o‘zboshimchalik...

Qumqo‘rg‘onda bayram shukuhi

Qumqo‘rg‘on tumanida Yangi yil bayrami oldidan tantanali tayyorgarlik ishlari...

615 nafar mahkum afv etildi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan...

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...
KunTun
KunTun