Temuriyzoda malika yozgan Qur’on qo‘lyozmasi topildi

Date:

Turkiyada ilk temuriyzoda malika Shodmalik Sultonning qo‘li bilan yozilgan Qur’on qo‘lyozmasi topildi. Toshkentda o‘tayotgan O‘zbekiston madaniy merosi haftaligida ma’lum qilingan noyob topilma Amir Temurning chevarasi, Temurning katta o‘g‘li Jahongir Mirzoning nevarasiga qizi tomonidan atab bitilgan.
Qo‘lyozmani topgan Istanbul universiteti doktori Emek Ushenmesning bildirishicha Anqarada Temurning nevarasi Jahongir Mirzo Boyazid bilan bo‘lgan jangda yaralanadi va Kaysera shahriga kelib vafot etadi. 1467 yil qizi malika Shodmalik Sulton o‘z qo‘llari bilan Qur’oni Karim oyatlarini qo‘lyozma shaklida yozib tugatadi. E’tiborli jihati bu temuriy malika tomonidan yozilgan birinchi Qur’on hisoblanadi. U ayni paytda Istanbuldagi Turk va islom asarlari muzeyida saqlanmoqda.
100 ga yaqin chet ellik olimlar yig‘ilgan madaniy meros haftaligida ushbu qo‘lyozmaning faksimilesi tayyorlanishi ma’lum qilindi. Undan tashqari haftalik doirasida Qur’oni Karimning qadimgi qo‘lyozma nusxalari haqida batafsil ma’lumot berilib, ularni turli shaklda O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rib chiqilishi ma’lum qilindi. Shuningdek haftalikning muhim voqeliklari sirasiga yana 700 yillik tarixga ega O‘zbekxon Qur’oni, Berlin kutubxonasida saqlanayotgan Boburiylarga tegishli albom kabi yuzdan ortiq yangiliklar kiradi.
O‘zbekistondagi Islom svilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov bu kabi noyob qur’on qo‘lyozmalari hali ko‘pligini ma’lum qilib, O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, asrash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati (WOSCU) bilan hamkorlikda Markaz binosining asosiy qismida, 67 metrlik gumbaz ostida, 114 ta O‘zbekistonga aloqador bo‘lgan eng qadimiy va bebaho Qur’on qo‘lyozmalari joylashtiriladi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezident tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ushbu loyiha bo‘yicha Qur’on qo‘lyozmalarining faksimile nusxalarini qaytarish chora-tadbirlar olib borilmoqda

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun