Saylov qonunchiligi tushuntirildi

Date:

Yurtimiz ahli muhim siyosiy jarayonlar oldida turibdi. Joriy yilning 27-oktyabr sanasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy majlisi Qonunchilik palatasi va xalq Kengashlari deputatlari saylovi bo‘lib o‘tadi. Termiz tumanida joylashgan DXX chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qismlarning birida harbiy xizmatchilarga saylov qonunchiligi hamda muddatdan oldin saylovda qatnashish, ovoz berish tartibi boʻyicha tushuntirildi.
Suhbat davomida saylov tizimiga kiritilgan oʻzgartishlar, yangiliklar hamda proporsional va mojaritar, ya’ni aralash saylov tizimi boʻyicha toʻlaqonli yetkazildi. Shuningdek, saylovda qatnashish tartibi boʻyicha videoroliklar qoʻyib berish orqali harbiy xizmatchilarning sayov boʻyicha bilimlari yanada oshirildi.
Muhim siyosiy jarayonlarga befarq boʻlmasdan munosib nomzodga ovoz berish, saylov huquqidan toʻlaqonli foydalanish, yurt kelajagi, xalqimiz farovonligi uchun befarq boʻlmaslik, har bir oʻzbekistonlikning sharafli burchidir. Zero, taraqqiyparvar xalqimiz va jonajon Vatanimiz taqdiri uchun har birimiz mas’ulmiz.

Islomjon Muxamadaliyev,
leytenant

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun