Jahon kubogi yakunlandi

Date:

Poytaxtimizdagi Gimnastika bo‘yicha respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-o‘smirlar sport maktabida kikboksing bo‘yicha jahon kubogi o‘tkazildi. Ishtirokchilar o‘zaro kuch sinashib, o‘z kuch va mahoratlarini namoyish etdilar. O‘z navbatida, murosasiz kurash jarayonlarini kuzatish tomoshabinlar uchun ham mahoratli kechdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi 53 ta davlat sportchilari o‘rtasida 172 ta oltin, 210 ta kumush, 336 ta bronza, jami 718 ta medal jamg‘arib, birinchi o‘rinni egalladi. Quvonarlisi, ana shunday yuqori natijalarning qayd etilishida surxondaryolik sportchilarning-da munosib hissasi bor. Ko‘plar qatori Asadbek Qurbonov ham o‘z toifasi bo‘yicha muvaffaqiyatli ishtirok etib, birinchi o‘rinni egalladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“BIZ KIM MULKI TURON, AMIRI TURKISTONMIZ”

Mamlakatimiz milliy rivojlanishning yangi bosqichi — Uchinchi Renessansga qadam...

Massiv mo‘jaz  manzilga aylandi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar nafaqat iqtisodiy o‘sishga,...

Obyektlar tizimga kiritildi

Bandixon tumani, "Qaldirg‘och" mahallasida O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi “Oʻzboshimchalik...

Muzrabotda imkoniyatlar kengaymoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tadbirkorlik subyektlari faoliyatini o‘rganish...
KunTun
KunTun