Ustozlar xizmati e’tirof etildi

Date:

Ustozlik zahmatli, ammo sharafli burch. Butun bir umrini ta’limga baxshida etgan ustozga shogird birgina rahmatni-da aytishni unutar, ammo ustoz buning uchun xafalanmaydi. Balki o‘quvchilari yutug‘idan quvonib, muvaffaqiyatsizligidan qayg‘uradigan zotdir. Aslida ularga qancha ehtirom ko‘rsatsak, qancha ulug‘lasak, shuncha kamdek. Ular oldidagi qarzimiz jamiyatga munosib insonlar bo‘lib yetishsakkina uziladi, nazarimizda.
Ularni har kuni, har onda unutmasligimiz, yo‘qlashimiz lozim. Buning uchun 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kunini kutish-da shart emas. Shunday bo‘lsa-da, munosabati bilan har yili an’anaviy ravishda ustozlarni ulug‘laymiz, munosib rag‘batlar ila mehnatlarini rag‘batlantiramiz. Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova tomonidan bir guruh pedagoglarga “Xalq ta’limi fidoyisi” hamda “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishonlari topshirildi.
Taqdirlanganlar safida surxondaryolik pedagoglar ham borligi ustoz va murabbiylar qatori voha ahlini-da quvontirdi. Termiz shahridagi 4-maktabning ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Gulbahor Odinayeva — “Xalq ta’limi fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan, Denov tumanidagi 15-maktabning texnologiya fani o‘qituvchisi Farhodjon Ibotov — “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Albatta, mukofotlar o‘zining haqiqiy egasini topgani insonni o‘z kasbidan g‘urur va iftixor tuyishiga, yanada ishtiyoq ila xizmat qilishga kuch bag‘ishlaydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Tabiat uchun g‘amxo‘rmiz”

Boysun tumanida atrof-muhitni asrash va ekologik madaniyatni yuksaltirish maqsadida...

Milliy dastur ishga tushiriladi

Mamlakatda infarkt va insultning oldini olishga qaratilgan “Infarkt va...

Mahkumlar masofali video-uchrashuvdan foydalanadi

Jinoyat-ijro kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, endi mahkum o‘z shaxsiy...

Eksport hajmi oshadi

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va aholini yil davomida sabzavot mahsulotlari...
KunTun
KunTun