SAMARQANDGA SAYOHAT

Date:

Keksalik gashtini surayotgan otaxon va onaxonlarning vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida “Keksalar haftaligi” va “Keksalar uchun turizm oyligi” o‘tkazilib kelinadi. Haftalik doirasida bandixonlik ellik nafar nuroniy va kayvoni onaxonlarimiz Nuroniy jamg‘armasi respublika boshqaruvi tuman bo‘limi va Bandixon tuman hokimligi tashabbusi bilan Samarqand shahrining diqqatga molik maskanlari va qadim qadamjolarga sayohatga jo‘natilgan edi.
Bir necha kun davomida sayohatchi otaxon va onaxonlarimiz qadim Samarqandning e’tiborga molik joylarida bo‘ldilar. Qadimiy qadamjo va ziyoratgohlarni ziyorat qilib, vatanimiz tinchligi, xalqimizning farovon turmush kechirishini tilab, duoda bo‘ldilar. Olam-olam taassurotlar bilan sayohatchilarimiz azim Samarqand shahridan qaytishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Banklar oltin sotadimi?

O‘zbekistonda banklarga oltin sotish va xarid qilish huquqini kafolatlovchi...

Sayohat, ma’rifat va tozalik…

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi...

Kasaba uyushmalari harakati: yubiley tantanali nishonlandi

Surxon vohasida mehnatkashlar fidokorona mehnatini e’zozlash, ularning huquq va...

Obodonlashtirish yangi bosqichda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida hududlarni yanada chiroyli,...
KunTun
KunTun