Maktabgacha taʼlim asoslarini mustahkamlash maqsadida

Date:

Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda “Mercy Corps” xalqaro nodavlat tashkilotining Oʻzbekistondagi filiali oʻrtasida imzolangan anglashuv Memorandumiga asosan bugun Surxondaryo

viloyatidagi 106 ta maqsadli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining mentor va pedagoglari uchun Termiz shahrida “Maktabgacha taʼlim asoslarini mustahkamlash: bolalarning ilk yoshidan savodxonlik, ratsional ovqatlanish, sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarini shakllantirish va oilani jalb qilishda kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish” mavzusida konferensiya oʻtkazildi.


Ushbu konferensiyada viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Bekzod Tashpulatov, “Mercy Corps” xalqaro nodavlat tashkiloti mas’ullari, hududiy mentor (trener) va pedagoglar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida bolalarda ilk yoshidan savodxonlik, ratsional ovqatlanish, sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarini shakllantirish borasida so‘z bordi. Xorijiy va mahalliy mutaxassislar o‘zlarining bu boradagi bilimlarini yig‘ilganlar bilan o‘rtoqlashishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kichik loyiha — katta natija

Hududlarda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish nafaqat iqtisodiy o‘sishga,...

Bolalarga quvonch ulashib…

Jamiyatda mehr-oqibat va saxovat qadri baland bo‘lgan yurtda ezgu...

“Temurbek” — sahnada jonlandi

Yurtimizda buyuk ajdodlar merosini targ‘ib etish, yosh avlodni tarixiy...

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...
KunTun
KunTun