Guljanoy tantanali kutib olindi

Date:

Surxondaryolik Guljanoy Naimova o‘zbekning faxr-u iftixori. Uning Parij Paralimpiadasidagi para taekvondo bahslarini kuzatgan yurtdoshimiz borki, uning og‘riqlarini dildan his etdi. Oltin medal uchun qilingan harakatlar, bildirilgan ishonchni oqlay olmaganlikda o‘zini ayblagan Guljanoy quruqqo‘l bilan qaytmadi. Yorug‘ yuz bilan yurtiga qaytdi.
Paralimpiya o‘yinlari kumush medali sohibi Sariosiyoda tumanida tantanali kutib olindi. Tadbirda Sariosiyo tuman hokimi, davlat va jamoat tashkilotlari mutasaddilari, sportchilarning oila a’zolari hamda vohalik muxlislar ishtirok etishdi.
Guljanoy qilingan bunday e’tibordan xursand bo‘ldi. Xalqi, yaqinlari sportchining o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirgan bo‘lsa, o‘z oldiga katta maqsadlar qo‘yib, intilishiga kuch bag‘ishlagan bo‘lsa, ajab emas.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun