Tadbirkorlar bilan yoshlar uchrashdi…

Date:

Inson hayotda yashar ekan, bir olam orzu havaslar bilan oldiga maqsad qo‘yib yashaydi. Kimdir o‘z orzu-istaklariga ilm orqali erishsa, yana kimdir kasb-hunari orqali yetishadi. Ilm – ma’rifat va kasb-hunar har bir davrda kishilik jamiyati taraqqiyoti uchun muhim omil bo‘lib kelgan.
Bir yigitga qirq hunar oz deganlaridek, hunari bor inson hayotda kam bo‘lmaydi. Shunday ekan, hunar o‘rganish istagi bor yoshlar uchun yurtimizda barcha shart-sharoitlar va imkoniyatlar mujassam. Jumladan, Termiz tumani Ichki ishlar bo‘limi Probatsiya guruhi tashabbusi bilan yoshlar uchun tumanda samarali faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil etib kelinmoqda.
Xususan, navbatdagi uchrashuv tumanning “Gulbahor” mahallasida alyumin profillaridan eshik va deraza romlari tayyorlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “Yevrookon” oilaviy korxonasi rahbari Namoz Aralov bilan o‘tkazildi. Uchrashuvda yoshlarga tadbirkorlikni qo‘lga qo‘yish, o‘zini o‘zi band qilish hamda hunar o‘rganish sirlari bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Tadbirkor o‘z faoliyati misolida yoshlarga kerakli tavsiyalarini berdi.
Shuningdek, tadbirda Probatsiya guruhi ro‘yxatida turgan yoshlar ishtirok etishdi.
D.Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi investitsiya loyihalari ko‘zdan kechirildi

Termiz shahrida faoliyat yuritayotgan “Brightly Mega Water” MCHJ korxonasining...

Sifat muhim

Surxondaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar ijrosi muhokama...

Yaralar tez va xavfsiz bitadi

O‘zbekiston FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti olimlari xalqaro...

Kitobxonlik klublari tashkil etiladi

Prezident qaroriga muvofiq, kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan yangi tashabbuslar...
KunTun
KunTun