“Tadbirkor qizlar” biznes marafoni start oldi

Date:

Xotin-qizlarni biznesga qiziqtirish, jamiyatda o‘z o‘rnini topishlari uchun yetarlicha imkoniyatlar yaratilmoqda. An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Tadbirkor qizlar” biznes marafoni esa ana shunday yo‘ldagi sa’y-harakatlarning davomidir.
Surxondaryo viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi tomonidan ham yosh ayol-qizlar uchun “Tadbirkor qizlar” biznes marafoni bo‘lib o‘tdi. Erta tongdan marafonga befarq bo‘lmagan xotin-qizlar tashrif buyurdi.
Biznes marafonda dastlab “Tadbirkorning muvaffaqiyat formulasi: bilim, tajriba, malaka, natija uyg‘unligi” sessiyasida mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Unda ishtirokchilar tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun ilk bilim va tushunchalar berish bilan birga kerakli yo‘l-yo‘riq va tavsiyalar bilan o‘rtoqlashildi.
Marafon davomida qizlar biznes loyiha ishlab chiqish va uni amalga oshirish yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga trenerlardan batafsil javob oldilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Aqlli boshqaruv” tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish maqsadida “Issiqlikta’minoti” AJ...

Hamjihatlik gʻolib

Termiz garnizonidagi harbiy qismda “Ibratli harbiy oila” ko‘rik-tanlovining bosqichlaridan...

Qurilish yakuniy bosqichda

Qumqo‘rg‘on tuman markaziy shifoxonasi hududida yangi shoshilinch tez tibbiy...

Tarix va qadriyat tangalarda jam

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690...
KunTun
KunTun