Imkondan unumli foydalanib…

Date:

Aholi bandligini ta’minlash maqsadida bugungi kunda yurtimizda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Barcha imkoniyatlar ishga solinib, fuqarolar uchun imkon va imtiyozlar berilmoqda. “Yoshlar daftari”ning yuritilishi ham yoshlar uchun ana shunday imkoniyat eshigi bo‘lib xizmat qilayotir. Tadbirkorlik qilish, tikish-bichish, ustachilik qilish niyatidagi yoshlar bormi, “Yoshlar daftari”ga ariza bilan murojaat qiladi. Ma’lum muddatda murojaat qondirilib, o‘sha yosh kerakli asbob-uskuna yoki mablag‘ bilan ta’minlanadi.
Davlat rahbarining 153-sonli Qaroriga (https://lex.uz/uz/docs/-6867721) muvofiq ishsiz yoshlarga 30 sotixli yer maydonlarining ajratilishi ham ularni doimiy daromad manbaiga ega qilayotir. Yerdan unumli foydalanganlar bir yilda 2-3 martagacha hosil olib, foyda qilishmoqda. Angor tumanidagi “Ilg‘or” mahallasida ham ushbu qaror asosida 10 nafar yoshga 30 sotixdan unumdor yerlar ajratilgan bo‘lib, yoshlar tomonidan bu yerlarga makka jo‘xori, tosh karam , gul karam , brokli , yeryong‘oq kabi sabzavot va poliz ekinlari ekilgan.
Mahalla yoshlarining mehnatsevarligi, yerga bergan mehri sabab bugun ekinlar hosilga kirish arafasida. Ushbu yer maydonidan yaxshi hosil olishni maqsad qilgan Jamshid Egamberdiyev ham boshqa yoshlar qatori berilgan imkoniyatlardan unumli foydalanmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun