Mahalla raislariga planshet berildi

Date:

Mahalla oilalarni jipslashtiruvchi mustaqil institutdir. Mahalla faollari, rais va boshqa mas’ullar oilalar holidan xabar oladi, muammo va tashvishini o‘rganadi. Bandligini ta’minlash, jamiyatda o‘z o‘rnini egallash, yoshlarning vaqtini mazmunli o‘tishi uchun tashabbus ko‘rsatadi, munosib taklif va tavsiya bilan chiqadi. Ana shunday o‘rganish ishlari mas’ullardan doimo faollik, innovatsion texnikalari, axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishni talab etadi.
Mahalla xodimlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish maqsadida esa manzilli ishlar olib borilmoqda. Shu munosabat bilan bugun Angor tumanidagi 36 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari raislariga zamonaviy planshetlar berildi. Bu bilan ularning xizmat faoliyatini yengillashtirib, tezkor xizmat olib borishlariga ko‘maklashildi.
Planshetlarni tuman hokimi Qosim Mardonov o‘z egalariga topshirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Topshiriqlar belgilandi

Termiz tumanida yirik investitsion loyihalar va infratuzilma vazifalari ijrosi...

Tayyorgarlik qizg‘in

Surxondaryoda Yangi yil bayramiga tayyorgarlik ishlari izchil davom etmoqda....

Sayohat ruhiyatni yuksaltirdi

Bandixon tuman Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari azim va betakror Samarqand...

Yechimi muhokamada

Surxondaryoda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va eksportini kengaytirishga qaratilgan...
KunTun
KunTun