Migrantlar oilasini olib keta olmaydimi?

Date:

Xorijda ishlash istagida ketayotgan migrantlar, munosib ish topib, joylashib olgach, oilasini ham ko‘chirib ketishni o‘ylashadi. Afsuski, Rossiyada mehnat shartnomasi asosida vaqtincha ishlaydigan muhojirlarga oilasini mamlakatga olib kelishi taqiqlanishi mumkin. Leonid Slutskiy boshchiligidagi Rossiya Liberal-demokratik partiyasi (LDP) deputatlari Davlat dumasiga migrantlar oilasining Rossiyaga kirishini cheklashga qaratilgan qonun loyihasini kiritishga tayyorlanmoqda.
Tashabbus asosan Rossiya fuqaroligi yoki mamlakatda doimiy yashash uchun boshqa asoslarga ega bo‘lmagan past malakali migrantlarga tegishli. Yuqori malakali mutaxassislar oilalari uchun istisno qilish rejalashtirilgan. Slutskiyga ko‘ra, bundan maqsad “ko‘pincha mahalliy urf-odatlar va qoidalarni e’tiborsiz qoldiradigan” izolyatsiya qilingan migrantlar jamiyatlari shakllanishiga yo‘l qo‘ymaslikdir. Shuningdek, u migrantlar oilalari yashaydigan kvartiralarda kommunal to‘lovlarni to‘lash bilan bog‘liq muammolarga e’tibor qaratdi.
Deputatlarning da’vo qilishicha, migrantning oilasi mehnat shartnomalari yoki patentlar asosida Rossiyaga erkin ko‘chib o‘tishi bo‘yicha amaldagi amaliyot muhojirlarning nazoratsiz oqimiga va ijtimoiy keskinlik kuchayishiga olib keladi. Taklif etilayotgan o‘zgartishlarga ko‘ra, migrantning mehnat shartnomasi yoki patentining mavjudligi uning oila a’zolari Rossiyaga kirishi uchun yetarli asos bo‘lmaydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Retseptsiz sotsa, jazosi og‘ir

2026-yil 6-martda qabul qilingan qonunga muvofiq, tarkibida kuchli ta’sir...

Ichimlik suvi tarmog‘i kengaytirildi

Sariosiyo tumanidagi Alisher Navoiy mahallasida infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha berilgan...

Xavfsizlik birinchi o‘rinda

Termiz tumanida umumxalq bayrami Navro‘zni tinch va xavfsiz muhitda...

Xonjizadan  taralgan ma’rifat  nuri

Buyuk ajdodlarimiz hayotini o‘rganish, ular qoldirgan ilmiy merosdan inson...
KunTun
KunTun