Subsidiya asosida tikuv mashinalari topshirildi

Date:

Qo‘limizda guldek hunarimiz bo‘lsa-da, yurak yutib kredit olib, ish boshlashga jur’atimiz yetmaydi. To‘g‘ri, hech bir ish qilmay, qandaydir natijaga erishib bo‘lmaydi. Reja biz o‘ylagandek natija bermasachi? Unda olingan kreditni qaytarish qanday bo‘ladi? Ana shunday o‘y-xayoldagi fuqarolarning muammosi subsidiya orqali hal etildi.
Mahallada faoliyat yurituvchi hokim yordamchilari tavsiyalariga asosan Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turuvchi fuqarolarning murojaatlariga asosan, ularning bandligini ta’minlash va doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishlari uchun Sariosiyo tumani hokimi Abduqodir Donayev, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i Gʻ.Davlatovlar tomonidan tumanda istiqomat qiluvchi vaqtincha ishsiz fuqarolarga subsidiya asosida tikuv mashinalari topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Xayrabod”da Navro‘z shukuhi

Xayrabod garnizonidagi harbiy qismda Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan...

Yashamasa, ro‘yxatdan chiqariladi

2026-yil 1-martdan boshlab Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP)...

Tabiatdan ilhomlanib…

Tabiat – ijodkorning eng katta ilhomi. Musaffo havo, quyosh...

Yangi ko‘prik quriladi

Prezident tashrifi chog‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Surxondaryo...
KunTun
KunTun