Zamonaviy inshoot aholi xizmatida

Date:

Mustaqilligimizning 33 yillik shodiyonasi arafasida Sho‘rchi tumanidagi “Navro‘z” mahallasida yangidan zamonaviy ko‘rinishda barpo qilingan “Ideal SS” tantanalar majmuasi foydalanishga topshirildi. Tadbirkor Iskandar Namozov tomonidan zamonaviy qiyofada bunyod qilingan mazkur to‘yxona xalqimizning to‘y-hasham va yaxshi kunlarini o‘tkazishga xizmat qilishi aniq. 30 nafar xodim mehnat qiladigan 800 o‘ringa mo‘ljallangan tantanalar uyida aholi uchun barcha sharoit yaratilgan.
Majmuaning ochilish marosimida mahallalarda istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 30 nafar farzandining sunnat to‘yi o‘tkazib berildi. Tadbirda bolalarga qimmatbaho sovg‘alar ulashildi. San’at ustalari ijrosidagi kontsert dasturi, ertak qahramonlari ishtirokidagi quvnoq tomoshalar davraga bayramona fayz va shukuh bag‘ishladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

UMR — ILM, XIZMAT VA SHARAF YO‘LI

Ustoz haqida so‘z yuritish — bu shunchaki bir insonning...

SO‘Z VA SHAXSIYAT

So‘z – har qanday ulug‘ san’atkor ijodida muallif ko‘zlagan...

ZAMON  BILAN  HAMNAFAS

Bugungi tezkor va axborotga boy davrda inson ongini shakllantirish,...

“XABEAS KORPUSI” —  KECHADAN BUGUNGA

Inson erkinligi — har qanday demokratik jamiyatning eng oliy...
KunTun
KunTun