“Rahbar va yoshlar uchrashuvi”

Date:

Ishsiz, bo‘sh vaqtini nimaga sarf etishni bilmy turgan yoshlar bilan rahbarlarning shaxsan o‘zi qiziqsa, ular bilan suhbatlashib, yordam berishga shay tursa, bunday e’tibordan har qanday yosh quvonishi, o‘zini kerakli insondek his etishi aniq. Ana shundan keyin bunday yoshlar o‘z kelajagiga befarq bo‘lmaydilar, balki jiddiy qaraydilar. Sariosiyo tumanidagi 1-sektor hududida otaliqqa olingan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning ijtimoiy masalalarini ijobiy hal etish maqsadida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi.
Tadbirda Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi qo‘mondonlik boshlig‘i polkovnik Po‘lat Sotvoldiyev, Sariosiyo tuman hokimligi, yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi, tuman mudofaa ishlari bo‘limi vakillari, 1-sektor hududidagi 21 ta mahalla yoshlari va ularning ota-onalari ishtirok etdi.
Uchrashuvda dastlab, Qurolli Kuchlarimizda olib borilayotgan islohotlar, oliy harbiy taʼlim muassasalariga saralash bosqichlari va harbiy xizmatchilarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, yoshlarga yot gʻoya va qarashlarning salbiy taʼsiriga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish borasida tegishli maslahatlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Tabiat uchun g‘amxo‘rmiz”

Boysun tumanida atrof-muhitni asrash va ekologik madaniyatni yuksaltirish maqsadida...

Milliy dastur ishga tushiriladi

Mamlakatda infarkt va insultning oldini olishga qaratilgan “Infarkt va...

Mahkumlar masofali video-uchrashuvdan foydalanadi

Jinoyat-ijro kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, endi mahkum o‘z shaxsiy...

Eksport hajmi oshadi

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va aholini yil davomida sabzavot mahsulotlari...
KunTun
KunTun